10:00 / 04.08.2023
4045

Toshkent viloyati go‘sht yetishtirish bo‘yicha yetakchi bo‘lib turibdi

2023 yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston bo‘yicha jami 1267,5 ming tonna go‘sht (tirik vaznda) yetishtirildi.

Foto: Getty Images

Statistika agentligining ma’lumotiga ko‘ra, ushbu ko‘rsatkich 2022 yilning shu davridagiga nisbatan 103,8 foizni tashkil etdi.

Go‘sht yetishtirish umumiy hajmining eng yuqori ulushi Toshkent viloyati (12,1 foiz) hissasiga to‘g‘ri keldi. Shu bilan birga, Qashqadaryo (11,6 foiz), Samarqand (11,4 foiz), Buxoro (10,6 foiz) va Xorazm (7,7 foiz) viloyatlarida ham go‘sht yetishtirishning yuqori ko‘rsatkichlari qayd etildi.

Shuningdek, joriy yilning yanvar-iyun oylarida respublika bo‘yicha jami 5288,3 ming tonna sut sog‘ib olindi. Bu ko‘rsatkich 2022 yilning mos davriga nisbatan 102,9 foizni tashkil etdi.

Sog‘ib olingan sut umumiy hajmining eng yuqori ulushi Samarqand viloyati (12,7 foiz) hissasiga to‘g‘ri keldi.

Mavzuga oid
Top